Navbatdagi sud majlisida ham guvohlarning körsatmalari tinglandi.
Sud majlisi oldidan Yöldoşeva maktabda öqiydigan farzandlariga bosim bölayotganligi, uning uyi atrofida noma'lum şaxslar tomonidan unga qarşi ma'lumotlar töplanayotganligi hamda Xalq deputatlari Çirçiq şahar kengaşi deputati Jahongir Tölyaganov tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali öziga nisbatan haqiqatga töğri kelmaydigan yolğon ma'lumotlar tarqatilayotganligi haqida gapirdi.


Ta'kidlaşiça, Jahongir Tölyaganov uning şaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni suriştirgan. Yöldoşeva sud raisidan uşbu deputatga nisbatan qonuniy çora körişni, farzandlari xavfsizligini ta'minlaşni sörab sudga iltimosnoma kiritdi.
Şuningdek, mazkur sud majlisida guvohlar Ma'murjon Saidahmedov, Zokir Töxtayev va Toşkent viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Nizom Abdullayevlarning körsatmalari tinglandi.

Sud işi 21 yanvar kuni soat 10:00ga qadar tanaffus e'lon qildi.











