Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatining şoşilinç xabarnomasiga köra, 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston hududida joylaşgan Qayroqqum suv ombori öpirilgani töğrisida xabar tarqalgan.

“Bu xabarlar haqiqatga zid va biror asosga ega emas. Tojikiston Favqulodda vaziyatlar tizimining aniq ma'lumotlariga köra Qayroqqum suv ombori bus-butun, unga talafot yetgani va suv bosayotgani haqida tarqalayotgan xabarlar yolğondan iborat. Özbekiston Respublikasi FVV bu kabi xabarlarga işonmaslikka va xotirjamlikka çaqiradi”, – deyiladi xabarda.

Kun.uz’ga ma'lum bölişiça, bu yolğon xabar toşqindan zarar körgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyğotgan. Ayrimlar öz yaşaş hududini tark etişga oşiqqani tufayli yöllarda tirbandliklar paydo bölgan.