“Zakovat” yopilmaydi. Aksinça, gullaydi. Biz Saida Mirziyoyeva bilan uşbu loyihani öz otaliğimizga oldik. Bu yil inşaalloh uşbu media loyiha orqali respublikamizda yangidan yangi bilimdon yoşlarni kaşf qilamiz”, - deb yozgan Komil Allamjonov Telegram’dagi kanalida.
Avvalroq, Komil Allamjonov muassisligidagi “Milliy” telekanali "Zakovat" namoyişini töxtatgani xabar qilingandi.
Dastur muallifi Abdurasul Abdullayev “Milliy” telekanali muassisi Komiljon Allamjonov bilan bu masala böyiça uçraşganini bildirdi.
“U “Zakovat” efirdan olinganligidan bexabar bölganini, bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar topganini, bilimga çanqoq yoşlar talabi albatta inobatga olinişi zarurligini bildirdi. Özi hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan “Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi” homiyligi ostida “Zakovat”ni qayta tiklaş, yanada boyitiş, sovrin uçun hatto avtomobil qöyiş taklifini aytdi”, - dedi Abdurasul Abdullayev.












