«Korxonada qariyb 4 mingdan ortiq işçi-xodim mehnat qiladi. Moliyaviy sabablarga köra, ularning maoşi bir neça yillardan buyon oşirilmay kelmoqda. Ayni kunda örtaça oylik 1,5 mln sömga teng.

Maoşning pastligi sabab korxonamizda xodimlar qönimsizligi yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, texnik mutaxassislarning örtaça yoşi tobora qarib bormoqda, yoş kadrlar tizim korxonalarida mehnat qilişni istamaydi», – dedi Abbosxonov 14 yanvar kungi press-turda.

Ma'lum qilinişiça, korxona Toşkent şahriga suv yetkazib berişda 2019 yilda 58,8 mlrd, 2020 yilda esa qariyb 37,8 mlrd söm zarar körgan.

Şuningdek, olingan xorij kreditini qaytariş jarayonida ham valuta kursining oşişi natijasida korxona moliyaviy holatiga 2019 yilda 54,0 mlrd, 2020 yilda esa 43,0 mlrd söm zarar körgan.

Ta'kidlanişiça, ming litr suv işlab çiqarilganda, uning 25 foizi, ya'ni törtdan bir qismi elektr energiyasi tölovlariga, 3 foizi içimlik suvi tozaligini saqlaş uçun qöşiladigan reagentlarga, 20 foizi içimlik va oqova suv inşootlarining iş rentabelligini oşiriş maqsadida olingan xorijiy institutlarning kreditlarini qaytariş uçun, 19 foizi esa içimlik va oqova suv quvurlarini ta'mirlaş va qayta ta'mirlaş xarajatlariga ketadi.

Eslatib ötamiz, şu oydan boşlab Özbekiston miqyosida içimlik suvi va oqova xizmatlar narxlari oşirildi.