Qayd etilişiça, fuqaro öz arizasida tadbirkorlik qiliş maqsadida Yunusobod tumani Markaz-6dagi bekatni ijaraga olgani va bekatga ötgan suv quvuriga ulanib, hisoblagiç örnatganini hamda buni hujjatlaştiriş uçun Toşkent şahar “Suvsoz” boşqarmasiga murojaat qilganida, korxonaning “Mirolim” ismli xodimi suv quvuri özboşimçalik bilan ulanganini rökaç qilib, jarimaga tortmaslik evaziga 3 mln söm berişini talab qilayotganini ma'lum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, şu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Toşkent şahar Yunusobod tumani bölimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida, “Toşkent şahar suv ta'minoti” MÇJ bölim boşliği H.M. Toşkent şahar Uçtepa hokimligi yaqinida ariza muallifi A.E.dan 3 mln söm olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Uşlangan şaxs uşbu pullarni “Toşkent şahar suv ta'minoti” MÇJ direktor örinbosari P.R.ning topşiriğiga asosan olgani va pullarning bir qismini unga berişi lozimligini ma'lum qilgan.

2021 yil 17 mart kuni tezkor tadbir davom ettirilib, P.R. xizmat xonasida H.M.dan 3 mln söm miqdoridagi puldan 1 mln 800 ming sömini olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

2021 yil 17 mart kuni Boş prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Toşkent şahar Yunusobod tumani bölimi tomonidan mazkur holat yuzasidan, Jinoyat kodeksi 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, P.R. va H.M. Jinoyat protsessual kodeksning 224-moddasi tartibida uşlangan. 

Jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.