Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bugun 14 yanvar kuni Urgutda bölib, bu yerda yangi qurilgan masjid binosini közdan keçirdi. Bu haqda Urgut tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda yozilişiça, Urgutda Usmonxon Alimovga Samarqand viloyati boş imom-xatibi Zayniddin domla Eşonqulov hamda Urgut tuman boş imom-xatibi Şodi domla Xaqberdiyev hamrohlik qilgan.

Ta'kidlanişiça, Usmonxon Alimov uşbu körkam masjidning faoliyati yuzasidan muhim tavsiyalar bergan va uning qiyomatga qadar mömin-musulmonlarga xizmat qilişini sörab xayrli duolar qilgan.

Ma'lum qilinişiça, zamon talablariga töla javob beradigan qilib qurilgan uşbu yangi masjid binosi foydalaniş uçun tayyor holga keltirilgan.

Ma'lumot uçun, Uşbu masjid xonaqohi 55x45 metr ölçamda qurilgan bölib, xonaqohning ikki çetida 18x45 metr ölçamda ayvon ham tuşgan. Masjid xonaqohi örtasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid çetida joylaşgan törtta minoraning har biri 40 metrdan balandroq. Masjidda bir vaqtning özida 10 mingga yaqin odam siğişi mumkin.