14 yanvar kuni «Şaxmatni yanada rivojlantiriş va ommaviylaştiriş hamda şaxmatçilarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» prezident qarori e'lon qilindi. Unga köra, mamlakatda keyingi yillarda şaxmatni rivojlantiriş böyiça qilinadigan işlar sanalgan. Qaror matni UzAda e'lon qilindi.

Qarorga köra, maktablarda boşlanğiç sinf öquvçilariga şaxmatni örgatiş rivojlantiriladi. «Maktabda şaxmat» loyihasi doirasida maktab öquvçilari örtasida şaxmat musobaqalari ötkaziladi. Keyingi beş yilda davlat-xususiy şeriklik asosida 25 ta şaxmat maktablari va klublari taşkil etiladi. Maktablarda 2,3 va 4-sinf öquvçilariga jismoniy tarbiya fani doirasida reja asosida 18 soat şaxmat darsi ötiladi.

2021 yildan boşlab har yili maktab öquvçilari örtasida jamoaviy «Şohruh» musobaqasi ötkaziladi. Har yili maktab öquvçilari va jismoniy tarbiya fani öqituvçilari örtasida respublika birinçiligi ötkazib boriladi. Musobaqalar faqat maktablarda emas, mahallalarda ham taşkil qilinib, har yili muntazam iyun-avgust oylarida mahalla bolalari örtasida «Mahalla kubogi», mahalladagi oilalar örtasida «Şaxmatçi oila» turnirlari ötkaziladi.

Endilikda Özbekistonda şaxmat böyiça köplab xalqaro musobaqalar ham ötkaziladi. Xususan, Georgiy Agzamov xotirasiga xalqaro turnir va XVII jahon çempioni Rustam Qosimjonov xalqaro turniri. Şuningdek, Samarqandda «Sohibqiron kubogi», Xivada «Al Beruniy» xalqaro turniri Buxoro, Termiz va Xivada turizm va şaxmat haftaliklari ötkaziladi.

Qaror ijrosi prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov va boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovga yuklatilgan. 2021 yil 1 iyul va 2022 yil 1 yanvargaça qaror ijrosi borasida prezidentga axborot beriladi.