Pensiya jamğarmasi matbuot xizmati xabariga köra, 2021 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston hududida:
- mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 747 300 söm;
- bazaviy hisoblaş miqdori – 245 000 söm;
- bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa - 434 000 söm;
- kam ta'minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam - 326 000 sömdan 653 000 sömgaça;
14 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa:
- bitta bolali oilalarga – 144 100 söm;
- ikkita bolali oilalarga – 238 700 söm;
- uçta va undan ortiq bolali oilalarga - 334 400 söm.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam 434 ming sömdan 1 million 85 ming sömgaça oşirilişi belgilandi.
Bundan taşqari, joriy yilning 1 fevralidan faxriy unvonga ega pensionerlar uçun tölov miqdori 1,1 barobarga oşiriladi.
Pensiya jamğarmasining ta'kidlaşiça, pensiyalar koronainqiroz paytida - 2020 yilning 1 sentyabridan oşirilgan. Lekin u paytda budjet xodimlari oyliklari oşişi muzlatib qöyilgandi.












