Bruno Muli muallifligidagi maqolada Fransiya kompaniyalari sönggi vaqtlarda Özbekiston bozoriga faol kirib kela boşlagani haqida söz boradi.

Muallif dastavval Fransiyaning Carrefour supermarketlar tarmoği oxirgi bir oy içida Toşkentda 3ta dökon oçganiga e'tibor qaratgan.

Fransuz brendi, BAAning Majid Al Futtaim guruhi françayzingi orqali, 2022 yilga qadar Toşkentda jami 5ta supermarket va 2ta gipermarket oçadi.

Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi esa Özbekistonda agrologistika infratuzilmasini rivojlantiradi.

2020 yil 9 dekabrda imzolangan 15 million yevrolik şartnomaga asosan, respublika böylab 8ta agrologistika markazi, xususan Toşkent, Samarqand va Andijon şaharlarida meva-sabzavot ulgurji bozorlari barpo etiladi.

2020 yil iyunida esa Suez kompaniyasi Toşkent şahrining suv ta'minoti va drenaj tizimini yangilaş böyiça, poytaxt hokimligi hamda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi bilan 7 yil muddatga 142 mln yevrolik bitim tuzdi.

Uşbu fransuz kompaniyasi suv resurslari mutaxassislarini tayyorlovçi «Uzbekistan Water Academy» loyihasini ham taşkil etadi.

2019 yil sentyabrida Total Eren kompaniyasi elektr energiyasini sotib oliş va özining ilk quyoş elektr stansiyasini işga tuşiriş böyiça özbek rasmiylari bilan 25 yillik şartnoma tuzgandi. 100 MVt quvvatga ega stansiya Samarqand viloyatida qurilib, 150 ming aholini energiya bilan ta'minlaydi.

2019 yil sentyabr oyida, şuningdek, Fransiyaning Assystem kompaniyasi va Özbekiston energetika vazirligi mamlakatdagi energiya tizimi boşqaruvi böyiça hamkorlik qilişga kelişib oldi. Fransuz korxonasi Özbekistonning yangi energobalansini joriy etiş loyihalarini muvofiqlaştirişga kömaklaşadi.

2019 yilda Orano Özbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi bilan hamkorlik kelişuvini tuzdi. Unga asosan, kompaniya Özbekistonda kon qidiruv işlari va uran qazib oliş sohasini rivojlantirişda iştirok etadi. Hamkorlar taşkil etgan qöşma korxonaning 51 foiz uluşi Oranöga, 49 foizi Geologiya qömitasiga tegişli.