Filippinning Mindanao orolida UH-1H VVS vertolyoti qulaşi oqibatida 7 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib Manila Bulletin naşri xabar qildi.
Politsiya ma'lumotlariga köra, mamlakat harbiy-havo kuçlariga qaraşli vertolyot parvoz vaqtida tumşuği bilan keskin pastlab, katta tezlikda yerga urilgan. Vertolyot bortida 2 uçuvçi, ekipajning 2 a'zosi va 3 yölovçi bölgan. Ularning barçasi halok bölgan.
Vertolyot armiya brigadalaridan birining ta'minoti böyiça missiyani bajarayotgan bölgan. Uning qulaşi sabablari ma'lum qilinmagan.












