YHXBB ma'lumotiga köra, 16 yanvar kuni soat 15:50larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan ötgan A-373 Toşkent—Öş avtomobil yölining 252-kilometrida, haydovçi, 1985 yilda tuğilgan S.S. boşqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutaşuv oqibatida yonğin yuzaga kelgan.

Yonğin natijasida tan jarohati olganlar yöq. Yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan suriştiruv işlari olib borilib, yonğin sabablariga aniqlik kiritilmoqda.