Aftidan Angliyada çempionlik poygasi ikki emas, köproq jamoa örtasida va mavsum oxirigaça davom etadigan körinadi.
Pandemiya bilan boğliq özgarişlar, tomoşabinlarsiz stadionlar, taqvim ziçligi, futbolçilarning virusga çalinişlari va hokazo omillar şundoq ham turnirda yanada tuşunarsiz, kutilmagan natijalarga boy qilib qöyişi şubhasiz. Ammo bundan taşqari ham bir qator paradoksal holatlar borki, jamoalarning özi ham biz odatda körişga örganmagan holatda namoyon bölmoqda. Jumladan, mana şu ikki Mançester klubi ham avvalgi musobaqalardan biroz farqli uslublar, qadriyatlar va yeçimlarga murojaat qilayotgani çindan ham qiziq. Farqlar futbolçilarning sport formasi yoki kutilmaganda paydo bölgan yulduzlar bilan emas, aynan murabbiylarning işlarida körinadi.
Sulşer va pozitsion hujumlar
Biz doim öqib, eşitib kelganimiz bir stereotip bor – Sulşer quyi blokda himoyalanadigan jamoalarga qarşi öynay olmaydi. Uning jamoasi köproq qarşi hujumlarga tayanib, kengroq zonalarda samarali harakat qiladi. Reşford, Marsiyal kabi hujumçilar aynan qarşi hujumlarda özlarini yaxşi körsatadilar, şuning uçun ham «Yunayted» top-öyinlarda muvaffaqiyatliroq.
Töğri, buni inkor qiliş qiyin, jamoaning hujum qiliş uslubi va Sulşer davridagi top-öyinlar (bu borada «Yunayted» eng yaxşi natija qayd etgandi) yuqoridagi farazlarni asoslagan.
Ammo uşbu mavsumda yuzaga çiqqan yana bir faktni örtaga taşlaylik – «Yunayted» «kuçli oltilik» jamoalariga qarşi 5 öyinda uç durang va ikki mağlubiyatga uçradi. «Çelsi», «Siti» va «Liverpul»ga qarşi öyinlar golsiz durang bilan, «Arsenal» bilan öyinda minimal mağlubiyat (0:1) va «Tottenhem»dan öşa 1:6. Beş öyinda atigi 1 gol urilgan – u ham penaltidan. Uşbu mavsumda «Yunayted»ning öşa biz bilgan katta öyinlar jamoasi sifatida yana eslatgan yagona uçraşuv – YeÇL guruh bosqiçida Parijdagi öyin. Öşanda rostan ham biz ötgan yilgi, reja böyiça işlangan jamoani va ğalabani kördik, xolos.
Davomi ham bor: «Mançester Yunayted» «kuçli oltilik»dan taşqari boşqa jamoalarga qarşi 13 öyinning 11tasida ğalaba qozongan. «Lester» bilan durang (qaysidir ma'noda top raqib) va «Kristal Pelas»dan 1-turdagi mağlubiyatdan taşqari hamma öyinlarda «Yunayted» ğalaba qozongan. Agar londonliklar bilan öyinda «MYu» uçun mavsumning ilk rasmiy bahsi ekanidan, yaxşi formada bölmaganini e'tiborga olsak, jamoa pastki jamoalarga qarşi öyinlarda deyarli yuz foizlik natija körsata olgan. Aynan şu tufayli mançesterliklar hozirda turnir jadvalida yetakçi bölib turişibdi. Kutilmagan holat, töğrimi?
Aslida, Sulşer şogirdlarining pozitsion öyinlardagi kamçiligi yoki quyi blokka qarşi heç narsa qila olmasligi haqidagi fikrlarni quvvatlovçi natijalarning boşqa obektiv sabablari ham bor. Masalan, esingizda bölsa, Sulşer ilk bor boşqaruvga kelganida, «Yunayted» 11 uçraşuvdan iborat ğalabali seriyani amalga oşirgandi. Öşanda ham asosan kuçsiz raqiblar bölgan, Sulşerda bunday jamoalarga qarşi muammo bölmagandi.












