Berlindan Moskvaga uçib kelgan rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy Şeremetevo aeroportida pasport tekşiruvidan ötgaç hibsga olindi. Navalniying hibsga olinişi “Iv Roşe” jinoyat işi böyiça Jazolarni ijro etiş federal xizmati (FSIN) xodimlari tomonidan ötkazilgan. Siyosatçi sudgaça hibsga olingan.
Bundan avvalroq muxolifatçi “Pobeda” aviakompaniyasining samolyoti bilan Moskvaga uçib kelgan. Rejaga köra, samolyot Vnukovo aeroportiga qönişi kerak bölgan, biroq u Şeremetevoga jönatilgan.
Navalniyning uşlanişi vaqtida unga buning sababi ma'lum qilinmagan. Muxolifatçining rafiqasiga va advokatiga u bilan birga borişga ruxsat berilmagan.
Keyinroq FSIN matbuot xizmatida Navalniyning uşlanişiga izoh berilib, u sinov muddatini köplab marta buzgani uçun 2020 yil 29 dekabrdan beri qidiruvda bölgani ta'kidlab ötilgan. Navalniyga nisbatan keyingi ehtiyot çorasini sud belgilaydi.
Navalniy 2020 yil 20 avgustda Tomskdan Moskvaga parvoz vaqtida özini betob his qilgan. Şundan keyin samolyot Omskda favqulodda qönişni amalga oşirib, Navalniy mahalliy şifoxonaga yetkazilgan. Şifokorlar unga qondagi şakarning keskin özgarişiga olib kelgan moddalar almaşinuvi buzilişi taşxisini qöyişgan. Keyinroq Navalniy davolaniş uçun Germaniyaga jönatilgan. Germaniyada muxolifatçi “Noviçok” zaharli moddalari guruhiga kiruvçi substansiya bilan zaharlangani ma'lum qilingan.
Navalniy Germaniyada davolanişdan ötgaç 23 sentyabrda şifoxonadan çiqarilgan va hozirgaça u yerda qolgan.











