2021 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasida aytilişiça, Özbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:
- vatandoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ular bilan aloqalarni yanada mustahkamlaş çoralarini köriş hamda uşbu maqsadga qaratilgan “Vatandoşlar” maxsus jamğarmasini ta'sis etiş;
- çet ellarda Özbekiston Respublikasining ijobiy imijini şakllantiriş va mustahkamlaşga vatandoşlarni keng jalb qiliş nazarda tutiladi.
Bajariş muddati - 2021 yil 10 may, ijro uçun mas'ullar - Taşqi işlar vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.
















