Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Doniyor Ğaniyev «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida davlat xaridlari tizimidagi muammo va kamçiliklar, ularning yeçimi yuzasidan qilinayotgan işlar haqida fikr va mulohazalarini bildirdi.
Deputat Doniyor Ğaniyevga köra, endilikda xarid qoidalarini buzgan şaxslarga javobgarlik çoralari qöllaniladi. Tizimda şaffoflikni ta’minlaş böyiça bir qator mexanizmlar yölga qöyiladi. Quyida u tomondan bildirilgan fikrlar ixçamlaştirilgan holda taqdim etiladi.
Davlat xaridlari aholi e’tirozlariga sabab bölmoqda
2020 yilda jamoatçilik e’tiroziga sabab bölgan muammolardan biri, bu bevosita davlat xaridlari masalasi böldi. Nafaqat davlat korxonalari, balki davlat uluşi bölgan yirik korporativ korxonalar tomonidan amalga oşirilayotgan davlat xaridlari ustidan oçiq – şaffof jamoatçilik nazoratini örnatiş davr talabiga aylanyapti.
Bu bir tomondan amaldagi tizimda – qonunçilikda kamçiliklar borligini anglatsa, ikkinçidan tomondan, bizning jamoatçilik ham rivojlanayotgan demokratik davlatlar kabi özining faol fuqarolik pozitsiyasini şakllantirayotganini körsatadi. Bu, albatta, quvonarli.
Endi töğridan töğri davlat xaridlariga töxtaladigan bölsak, davlatimiz rahbari murojaatnomada bundan buyon davlat xaridlari jamoatçilik va parlament nazoratida bölişiga e’tibor qaratdi. Bu yerda ikki narsaga: jamoatçilik va parlamentga urğu berilyapti.
Davlat xaridlari töğrisidagi qonunning yangi tahriri nima uçun kerak?
Şu kunlarda «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunning yangi tahrir loyihasi Oliy Majlis palatalari tomonidan körib çiqilmoqda. Biz bunda davlat rahbari tomonidan alohida belgilangan vazifalarni aks ettirişga harakat qilmoqdamiz. Jamoatçilik nazorati nuqtayi nazaridan qonun loyihasida Moliya vazirligi huzurida maxsus veb-portal oçiş közda tutilyapti.
Barça davlat xaridlari, jumladan, korporativ xaridlar töğrisidagi barça ma’lumotlar uşbu veb-portalda jamlanadi, tahlil qilinadi va töliq, oçiq şaklda jamoatçilikka taqdim etiladi.
Biz yangi qonun loyihasi bilan tizimga şunday talab qöymoqdamizki, endi bu portalda hamma ma’lumot avtomatik tarzda tahlil qilinib, jamoatçilikka oşkora körsatiladi.
Ikkinçi masala – parlament nazorati. Qonunda bundan buyon barça davlat xaridlari va korporativ xaridlar ustidan hisob palatasi tomonidan yillik audit ötkazişni aks ettirişga harakat qilyapmiz. Ötkazilgan auditning natijalari belgilangan tartibda Oliy Majlis palatalari, asosan, Qonunçilik palatasida körib çiqiş uçun taqdim etiladi.








