AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens prezident Donald Tramp ma'muriyati erişgan natijalar faxrlanişga arzigulik ekanini aytdi. U Twitter’da Tramp boşqaruvi vaqtida AQŞ yangi uruşga kirişmaganidan faxrlanişini yozdi.
“Men ma'muriyatimiz işi tugaşiga sanoqli kunlar qolganda uning boşqaruvi vaqtida Amerika önlab yillar davomida birinçi marta yangi uruşga kirişmaganini faxr bilan ayta olaman. Bu kuç evaziga erişilgan tinçlikdir”, deb aytgan Pens.
Yanvarda Pens va Tramp örtasida kelişmovçilik bölgani, unga esa amaldagi prezident öz örinbosaridan prezident saylovlari natijalariga aralaşişni talab qilgani, Pens esa bunga rad javob bergani sabab bölgan.
Avvalroq Pens Jo Baydenning inauguratsiyasida iştirok etişga qaror qilganini ma'lum qilgan. Bu orada Bayden Trampning inauguratsiyada iştirok etmasligiga kinoya tarzda izoh berib, uni “yaxşi qaror” deb atagan.












