Qoraboğdagi uruşlarda Ozarboyjon tarkibiga qaytgan Şuşa şahrini 2022 yilda turk dunyosining madaniy poytaxti deb e'lon qiliş taklifi bildirildi. Bu taklif turk tilida sözlaşuvçi mamlakatlar tomonidan tuzilgan Turkiy kengaş tomonidan Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi rasmiylari bilan uçraşuv vaqtida bildirilgan.
Turkiy kengaşga Özbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Vengriya kabi mamlakatlar a'zo hisoblanadi. Özbekiston 2009 yil taşkil etilgan kengaşga 2019 yilda qöşilgan.
Turkiy kengaş har yili biror şaharni turk dunyosining madaniy poytaxti deb e'lon qiladi va şu tariqa öşa şaharning turk olamidagi örni balandligi bildiriladi. 1993 yildan buyon Armaniston nazoratida bölgan Şuşa şahri azaldan turk olami uçun muhim ahamiyat kasb etgan. 27 yil davomida şaharning nomi ham özgarib (Şuşi), turk madaniyati uçun qadrli bölgan madaniy obektlari jiddiy zarar körgan.

Turkiy kengaş 2022 yilda Şuşani turk dunyosining madaniy poytaxti deb e'lon qiliş orqali şaharning qayta tiklanişiga hissa qöşmoqçi. Bir yil davomida şaharda köplab xalqaro madaniy tadbirlar ötkaziladi. Kengaş delegatsiyasi Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi vakillari bilan uçraşuvdan avval Şuşada bölişdi.
Ma'lumot uçun, Şuşa 8 noyabr kuni Ozarboyjon armiyasi nazoratiga ötgan va bu Qoraboğ uruşi uçun hal qiluvçi yuriş bölgandi. Aynan Şuşa egallangaç, Armaniston tomoni taslim bölgan va 9 noyabr kuni uç tomonlama tinçlik şartnomasi tuzilgandi.
Ozarboyjon Qoraboğdagi uruş natijasida qölga kiritgan uçta hududni rivojlantiriş uçun 1,3 milliard dollar pul ajratdi. Şuningdek, Qoraboğni qöllab-quvvatlaş uçun maxsus fond oçildi. Ilhom Aliyev aynan Şuşaga keladigan sayyohlarga qulaylik tuğdiriş maqsadda Fuzuliyda xalqaro aeroport qurilişini








