Özbekiston hamda Yaponiya hukumati örtasida 2020 yil 17 iyunda soğliqni saqlaş tizimiga grant ajratiş töğrisida hukumatlararo notalar almaşinuvi imzolangan.
Norma’ning yozişiça, Soğliqni saqlaş vazirligi davolaş-profilaktika muassasalariga 500 mln iyena miqdoridagi grant dasturi doirasida Yaponiyada işlab çiqarilgan tibbiy texnika yetkazib beriladi.
Yaponiya hukumati tomonidan Crown Agens Japan Limited kompaniyasi barça xaridlarni amalga oşiriş va yetkazib beriş böyiça vakil etib tayinlandi.
Özbekiston Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Yaponiyaning vakolatli banki bilan banklararo şartnomani tuziş topşirildi.
Soğliqni saqlaş vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelişgan holda loyihani amalga oşiriş doirasida grant oliş va unga xizmat körsatiş bilan boğliq barça zaruriy çora-tadbirlarni köriş, şuningdek xaridlar jarayonini monitoring qiliş topşirildi.
Bundan taşqari, Özbekiston «Mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondiga loyihani amalga oşiriş doirasida Yaponiya vakolatli bankining vositaçilik xarajatlarini fond mablağlari hisobidan qoplab beriş tavsiya etildi.
Soğliqni saqlaş vazirligi uçun Yaponiyadan tibbiy uskunalar yetkazib beriladi
13:43 / 20.01.20212 1462 min
Vazirlar Mahkamasining «Davolaş-profilaktika muassasalarini zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlaşda Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.













