Britaniyaning 50ga yaqin kompaniyasi Brexit sababli Fransiyaga köçib ötdi. Bu haqda Fransiya banki rahbari Fransua Villerua de Gal ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Brexit Britaniya kompaniyalarining bir qismi va ularning aktivlarini (jami 170 milliard yevro) Fransiya iqtisodiyotiga jalb etişga yordam berdi. Bank rahbarining işonç bildirişiça, 2021 yilda bu jarayon yanada tezlaşadi.
Ma'lumot berilişiça, Buyuk Britaniyadan Fransiyaga 5 mingga yaqin iş örni köçirilgan.
Moliyaviy yilning dastlabki sakkiz oyida Buyuk Britaniyaning davlat qarzlari 240,9 milliard funt sterlingga (323 milliard dollar) ösgan.
Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqini 2020 yil 1 fevralda rasman tark etgandi. Tomonlar yil oxiriga qadar ötiş davri töğrisida kelişib olgandi.












