Davlat statistika qömitasi 2020 yil yanvar-dekabr oylarida Özbekistonda maşinalar va transport asbob-uskunalarining taşqi savdo aylanmasi haqida ma'lumotni e'lon qildi.

Ta'kidlanişiça, import tarkibida maşinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 7,95 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan va importning umumiy hajmidagi uluşi 37,6 foizga yetgan.

Maşinalar va asbob-uskunalar import qilingan asosiy hamkor davlat sifatida Xitoy (2,5 milliard AQŞ dollari miqdordagi umumiy import tovarlarining 31,6 foizi) qayd etilgan. Keyingi örinlarni Janubiy Koreya (umumiy importning 16,6 foizi) va Rossiya (umumiy importning 9 foizi) egallagan.

Maşina va transport uskunalari importi hajmining kamayişiga sanoat uçun maxsus bölmagan maşinalar va ularning detallari (17,6 foizga), şuningdek, aniq sohalar uçun maxsus möljallangan maşinalar (14,9 foizga) importidagi pasayiş bevosita ta'sir qilgan.

Öz navbatida, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari uçun avtomobil ehtiyot qismlari importi uçun sarflangan mablağ 944,6 million AQŞ dollarini taşkil qilib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 foizga va avtomobil import qiliş uçun 475,1 million AQŞ dollari mablağ sarflanib, ötgan yilgiga nisbatan 7,9 foizga oşgan.

Bundan taşqari, avtomobil eksport qiliş hajmi 30,4 foizga köpayib, 208,7 million AQŞ dollarini taşkil etgan.

Joriy yilning 13 yanvar kuni prezident iştirokida ötgan maşinasozlik sanoatini transformatsiya qiliş va sohada raqobatdoşlikni oşiriş masalasidagi yiğilişda sohada 276 million AQŞ dollarilik 8ta xususiy investorlik loyihasi böyiça takliflar mavjudligi e'lon qilingandi.

Avvalroq hukumat tomonida «Özavtosanoat»ni faqat elektromobillar işlab çiqarişga ötkaziş masalasi körib çiqilayotganligi ma'lum qilingandi.