Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, qaror bilan davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan 172ta davlat mulki obektining ro‘yxati tasdiqlandi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkino” milliy agentligi bilan kelishmasdan, quyidagilarga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi:
ular tizimidagi kinoteatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, teatrlar, bolalar musiqa va san'at maktablarining ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish;
ular hududidagi yer maydonlarini mahalliy hokimliklar zaxirasiga olish.
Mazkur turdagi obektlar ularning madaniyat va san'at sohasidagi faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi.
Bunda tashabbuskorlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniyat va san'at sohasiga yaqin bo‘lgan:
- xizmat ko‘rsatish;
- kichik ishlab chiqarish;
- savdo faoliyati turlari bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.















