Odinaxon Yöldoşeva – Farğona viloyati Özbekiston tumani 65-IDUMI informatika va axborot texnologiyalari fani öqituvçisi, xalq ta'limi a'loçisi.
Uning 9–11-sinflardan olib çiqqan 9 nafar öquvçisining barçasi viloyat fan olimpiadasida ğoliblikni qölga kiritib, Respublika bosqiçiga yöllanma oldi.
«Bunday natijaga erişişida uning öquvçilari bilan birgalikda tinim bilmay şuğullanişi va öz kasbiga sidqidildan yondaşişi sabab.
Bu yutuq Odinaxon Yöldoşevaning boşqa hamkasblariga ham namuna bölişiga işonamiz», – deyiladi vazirlik xabarida.












