Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya mamlakat prezidentligi uçun navbatdagi saylovda qatnaşmasligini ma'lum qildi.
"Ilgari norozilarga qarşi jismoniy zöravonlik işlatilardi. Hozir qamoqxonalarda nafaqat siyosiy mahbuslar, balki ayblov e'lon qilinmagan odamlar ham yotibdi. Ularni qiynoqqa solmayotgan bölişlari mumkin, ammo ular qamoqda har kuni azob çekişmoqda" – dedi u Tallinda bölib ötgan matbuot anjumanida.
Tixanovskaya şuningdek, navbatdagi saylovda iştirok etmasligini bildirdi.
Svetlana Tixanovskaya Belarusdagi OAV erkinligi töğrisida BMT xavfsizlik kengaşining virtual yiğilişida qatnaşiş uçun juma kuni Tallinga keldi.
Tixanovskaya Belarusni 2020 yil 9 avgustda bölib ötgan prezident saylovlaridan bir neça kun keyin tark etgandi.













