Navoiy şahridagi «Ximik» stadioni hukumat qaroridan söng muammolar girdobiga tuşib qoldi
|15:00 / 24.01.202115 2589 min
«Navoiyazot» AJga qaraşli bölgan «Kimyogar» sport majmuasi Vazirlar Mahkamasining qaroridan söng keyin yopilib qoldi va ayni kunda faoliyat yuritmayapti. Olimpiada çempionlari maşq qilişlari uçun joy yöq böliş arafasida turibdi.
2020 yil 9 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining «Özkimyosanoat» AJ tarkibidagi taşkilotlarning aktivlaridan samarali foydalaniş hamda moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 432-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror nomida körsatilgandek, maqsad aktivlardan samarali foydalaniş va moliyaviy soğlomlaştiriş edi. Ammo, natija buning teskarisi böldi: Navoiy şahridagi, yaqingaça «Navoiyazot» AJga qaraşli bölgan «Kimyogar» sport majmuasi qarordan söng yopilib qoldi va ayni kunda faoliyat yuritmayapti.
Xalq tilida «Ximik stadioni» deb ataluvçi uşbu sport majmuasidan köplab nomdor sportçilar yetişib çiqqan. Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötgan Paralimpiada yengil atletikaning disk uloqtiriş bahslarida iştirok etib, çempion bölgan va jahon rekordini yangilagan Husniddin Norbekov şulardan biri. Bundan taşqari, armrestling böyiça ham köplab jahon çempionlari uşbu sport kompleksida malakali murabbiylar qöl ostida maşq qilişgan.
Hukumatning yuqorida ta'kidlangan qarori bilan «Özkimyosanoat» AJ tarkibidagi taşkilotlar davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans (qoldiq) qiymatida berilgan. Jumladan, «Ximik» stadioni ham Navoiy şahar hokimligi balansiga ötkazilgan. Uşbu «köçiş» jarayonida nafaqat stadion hamda qöşimça sport binolari, balki u yerda işlovçi 27 nafar murabbiy va işçi-xodimning keyingi faoliyati ham söroq ostida qolmoqda.
— “Navoiyazot”da 16 yildan beri işlab kelyapman. Yolğiz onaman. Sportni rivojlantiriş haqida prezidentning köplab qarorlari qabul qilinyapti. «Navoiyazot»da 8–10 ming nafarga yaqin odam işlaydi. Ular ham sport bilan şuğullanişi kerak emasmi? Çempionlar, nogironlar kelib maşğulot olib borişadi bu yerda. Qolaversa, işçi-xodimlar orasida boquvçisini yöqotganlar, yolğiz onalar bor.
Navoiy viloyati hokimligidan heç kim kelib tuşuntiriş bermadi. Navoiy şahar hokimligidan kelganlar «Özing işingni top. Bizga obektning özi kerak, tamom» deya oçiqçasiga aytyapti. Hozir biror joyga borgan bilan işning özi yöq. Bu masalada viloyat va şahar hokimligiga bir neça marotaba bordik. Bizni heç kim eşitmadi. Oyligimiz, keyingi hayotimiz nima böladi, bunga heç kim qiziqqani yöq. Bizga 2020 yil 13 noyabr kuni 2021 yil 13 yanvargaça ogohlantiriş xati berilgan. Uşbu sanadan bu yoğiga oylikka işlayapmizmi, behudaga işlayapmizmi – bilmaymiz heç birimiz. Lekin yölkira sarflab, işga kelyapmiz», — deydi işçilardan biri Saida Sevarova.
Mavzuga oid
Sport majmuasida jismoniy imkoniyati çeklangan bolalar ham maşğulot olib borişadi. Bugungi kunda ularning ota-onalari bu holatdan taşvişga tuşişgan.
Uşbu masalada Kun.uz’ga murojaat qilgan Nilufar Eşmanova farzandi I guruh nogironi ekanligi, 4 yildan beri sport bilan muntazam şuğullanib kelişini, Paralimpiada öyinlarida çempion böliş orzusi borligini ta'kidladi.
— Öğlim Adhambek Ibragimov 2001 yilda tuğilgan. U 4 yildan buyon muntazam ravişda «Ximik» stadionida sport maşğulotlari bilan şuğullanib kelgan. 2016 yilda közlari körmay qolgandi. Şundan keyin bor vaqti va kuçini sportga bağişlagan. Uning qiziqişlari şunçaki emas, sport bilan professional darajada şuğullanmoqçi. Paralimpiada öyinlarida, jahon çempionatlarida ğolib böliş orzusi bor. Biroq yaqinda «Ximik» stadionini yopdilar.
Farzandim bilan birgalikda yana ön nafarga yaqin öziga öxşagan, har xil jismoniy nuqsonlari bor bolalar şuğullanib kelayotgandi. Stadionni yopganlaridan keyin bunga ularning imkoniyati bölmay qoldi. Farzandimning kelajagi, soğligi men uçun muhim, — deydi Nilufar Eşmanova.
Adhambek kabi yigitlardan yana biri Karimjon Norov. U «Ximik»ka 14 yildan buyon qatnaydi. Sababi, uning ham jismoniy imkoniyatlari çeklangan. Öz soğligini bir me'yorda uşlab turiş uçun maşq qilişi zarur. Yöqsa harakati yöqoladi.
Karimjonning buvisi Zamira Jamolovaning aytişiça, nabirasi kunora maşğulotga borib, 3-4 soat şuğullanib kelardi. Yopib qöyganlaridan beri juda ham tuşkunlikka tuşib, ahvoli yomonlaşib qolgan. «Özi sport zal ta'mirtalab ahvolda edi. Şuni ham tortib olişyapti. «Dom» quradiganlarga sotib ötiribdilar. Bu nima qiliq, haqiqat qani?», deya öz xavotirini bildirdi Zamira Jamolova.
Aslini olganda, bu xavotir noörin emasga öxşaydi. Çunki, sport majmuasi örnida «dom qurilişi» haqida gapirgan faqatgina Zamira Jamolova emas, şu yerda murabbiy bölib işlovçi Akmal Sayfullayev ham bunga töxtaldi. Qolaversa, qariyb 8 gektarlik stadion Navoiy şahri çetida joylaşgan, «dom» qurişga qulay joy ekanligi bor gap.
— Sport zalimizdan köplab jahon çempionlari çiqqan. Ularning eng maşhurlaridan biri Husniddin Norbekov. Undan taşqari, Tokio olimpiadasiga litsenziya olgan Elbek Sultonov ham şu zaldan çiqqan. Bu yerda yengil atletika bilan bir qatorda armrestling sport turi ham bor. Armrestling böyiça 7 karra jahon çempioni Mirzohid Şaropov ham şu yerda maşğulot olib borgan. Umumiy aytganda, Navoiy viloyatida armrestlingning markazi hisoblangan bu sport zali 100 nafardan ortiq jahon, Osiyo va Özbekiston çempionlarini yetiştirib bergan.
Stadionda köplab nogironlar şuğullanib kelyapti. Yoşi katta erkak va ayollar ham özining soğligini mustahkamlab ketişadi bizning maskanda. Zalimizni universal desa ham böladi. Sababi, nogironlarni ham, xalqni ham, sportçilarni ham alohida-alohida şuğullantiramiz.
2021 yildan zalimiz işlamay qoldi. Köp joylardan sörayapmiz. Heç kim aniq javob aytmayapti. Xalqning orasida «Ximik» stadioni sotiladi, davlat xususiy-şerikçilikka beriladi, buzilib ketib örniga uylar, mehmonxonalar quriladi, degan turli gaplar yuribdi.
Sport obekti aslida sport yönalişidagi birorta taşkilotga berilişi kerak. Bunday stadionni quriş uçun millardlab pullar sarf qilinadi. Tayyor turgan narsani buzib, örniga qanday boşqa narsa quriş mumkin?! «Kimyogar» öyingohidagi barça xodimlar, murabbiylar, sportçilar, bolalarning ota-onalari – hamma xavotirda. Agar stadion buzilib ketsa, bu Navoiy viloyati uçun katta yöqotiş böladi, — deydi Akmal Sayfullayev.
Şu örinda masalaning yana bir jihati bor: Vazirlar Mahkamasining yuqorida ta'kidlangan qarorining 2-ilovasida davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga davlat mulki sifatida balans (qoldiq) qiymatida beriladigan aktivlar mavjud iş örnini saqlab qoliş şarti bilan berilişi izoh sifatida belgilab qöyilgan. Ammo Navoiyda şamol boşqa tomondan esyapti.
Kun.uz uşbu masala böyiça Navoiy şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş, ma'naviy ma'rifiy masalalari böyiça örinbosari Umrzoq Murodullayev bilan boğlandi va intervyu berişni söradi.
Ammo hokim örinbosari intervyu bermasligini aytib, telefon orqali «Ximik» stadionining taqdiri nima bölişini bilmasligini, hozirgi kunda uning faoliyatini qayta yölga qöyiş böyiça barça çoralar körilayotganini, şuningdek, u yerda işlovçi murabbiylarni (faqat murabbiylarni!) boşqa sport taşkilotlariga işga joylaştiriş harakati bölayotganligini hamda sport kompleksi berilişi uçun tadbirkor «izlanayotgani»ni ma'lum qildi.
Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi boşliği Şahlo Narziyeva bilan telefon orqali boğlanganimizda esa u bizdan uşbu masalani e'lon qilmay turişni, «öz kanallari» orqali Kun.uz rahbariyatiga çiqib, maqolani töxtatişini aytdi. Şuningdek, Şahlo Narziyeva ham sport majmuasida işlovçi murabbiylarni şahardagi BÖSMlarga işga joylaştirişni, qolgan xodimlarni «Navoiyazot» AJga joylaştiriş çoralari körilayotganini ta'kidladi.
Xulosa örnida aytganda, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «samarali foydalanilişi va moliyaviy soğlomlaştirilişi» kutilgan «Kimyogar» sport majmuasi muammolar girdobiga tuşib qoldi. Kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlardan qarzdorlik böyiça xatlar kelişni boşlagan. Xavotirlar örinli. Uşbu xavotirlar yöqqa çiqişi uçun esa Navoiy viloyati hokimligi masalaga e'tibor qaratişi zarur.
Kun.uz mavzuni kuzatişda davom etadi.
Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri.
Abror Ikromov, operator.