Donald Trampga nisbatan ikkinçi impiçment işi böyiça tinglovlar keçroq – sobiq prezidentning advokatlari iş bilan tanişib çiqişi uçun eng ertasi bilan 8-9 fevralda boşlanadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Senatda ikki partiya örtasida bu borada kelişuvga erişildi. Demokratlar duşanba kuni 19.00dan keçiktirmasdan ayblov moddalarini Kongress yuqori palatasiga topşirişlari lozim.
Demokratlar Trampni isyonga çaqiriş ortidan Kapitoliyga hujum qilinişi va beş kişining ölimida ayblaşmoqda.
Impiçment e'lon qiliş uçun 232 kongressmen ovoz berdi, 197 nafari qarşi çiqdi.
Tramp vakillar palatasi ikkinçi marta impiçment e'lon qilgan AQŞ tarixidagi birinçi prezident böldi.
Birinçi impiçment 2019 yil dekabrida e'lon qilingandi. Öşanda kongressmenlar Trampni hokimiyatni suiiste'mol qiliş va kongress ötkazgan tergovga tösqinlik qilişda ayblaşgan. Biroq senat impiçmentga qarşi ovoz bergan.
Impiçment e'lon qilinişiga Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon suhbati asos bölgan. Suhbat davomida AQŞ prezidenti ukrainalik hamkasbidan Jo Bayden va uning öğli Xanterga qarşi tergov boşlaşni talab qilgan. OAV ma'lumotlariga köra, Zelenskiy rad javobini beradigan bölsa, Tramp Kiyevga harbiy yordamni töxtatiş bilan pöpisa qilgan.












