6 qavatli binoning qolgan qismini buziş uçun barça darajadagi xavfsizlik çoralari körilgan. Köp qavatli binoga yondoş qismda joylaşgan savdo dökonlarida iş töxtatilgan. Yon atrofdagi ikkita 2 qavatli xonadonning ma'lum qismida yaşovçi aholi xonadonlaridan çiqarilgan.
"Hozirda bino atrofiga 4 qavat balandlikda 8 ming metr kubdan ortiq tuproq olib kelib ziçlandi. Ammo binoning yertöla qismi hali böş turibdi. Buziş jarayonida yana pastdan yuqoriga tuproq olib çiqilib, yertöla qismlar ham töldiriladi", deydi 12-trest uçastka boşliği Farid Abdullin.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 10 yanvar kuni Jizzax şahrida qurilayotgan köp qavatli binoning bir qismi qulab tuşdi. Hodisa natijasida halok bölgan va jabrlanganlar qayd etilmadi. Uşbu hodisaga munosabat bildirgan quriliş vaziri Botir Zokirov binoning qolgan qismi ham buzilişini, buning uçun bino atrofiga 10 ming metr kub tuproq olib kelinişini ma'lum qilgandi.













