Norma’ning yozişiça, qarorga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boşlab tibbiyot taşkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan ötkaziş mexanizmi joriy etiladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi tibbiyot taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş va soğliqni saqlaş sohasida ekspertlarni sertifikatlaş böyiça vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi Tibbiyot taşkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi:
- tibbiyot taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkaziş tartibi;
- tibbiyot taşkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytiriş va qisqartiriş tartibi;
- akkreditatsiyadan ötkazilgan tibbiyot taşkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazorati;
- akkreditatsiya töğrisidagi guvohnoma amal qilişini töxtatib turiş (tiklaş), tugatiş tartibi;
- akkreditatsiya töğrisidagi guvohnomani qayta rasmiylaştiriş tartibi;
- akkreditatsiyalovçi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq tölaş tartibi;
- akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati böyiça qabul qilingan qaror yuzasidan apellyatsiyalarni körib çiqiş tartibi.
Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tibbiyot taşkilotini akkreditatsiyadan ötkaziş böyiça komissiya taşkil etiladi, şuningdek akkreditatsiyadan ötgan soğliqni saqlaş taşkilotlari, ekspertlar va texnik ekspertlar reyestri şakllantiriladi.
«Soğliqni saqlaşni raqamlaştiriş» axborot kompleks tizimi 2022 yil 1 yanvarga qadar şakllantiriladi va u quyidagilarni öz içiga oladi:
- akkreditatsiyadan ötkazilgan tibbiyot taşkilotlarining elektron bazasini;
- Tibbiyot taşkilotlarini akkreditatsiyadan ötkazadigan mustaqil ekspertlar va texnik ekspertlar reyestrini.
Akkreditatsiyadan ötkaziş uçun murojaat qilişdan oldin tibbiyot muassasasi akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik yuzasidan özini özi baholaydi. Akkreditatsiyadan ötiş uçun tibbiyot taşkilotlari DXM yoki YaIDXP orqali elektron şakldagi arizani taqdim etadi. Bunda 2 BHM miqdorida tölov tölanişi lozim. Bundan taşqari, özini özi baholaş natijalarini körib çiqiş va hujjatlar ekspertizasi uçun tuzilgan şartnomada belgilangan narxning 15 foizidan kam bölmagan miqdorda bönak tölovi tölanadi.

















