Budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi, jarimalar hamda stipendiyalar miqdori oşiriladi

Prezident qaroriga köra, budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oşiriladi.

Şuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

  • mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori — oyiga 747 ming 300 söm;
  • bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) — 245 ming söm etib belgilandi.

BHM miqdori 245 ming söm etib belgilanişi ortidan BHMga boğlangan ma'muriy va boşqa jarimalar miqdorlari ham oşadi.

Viloyatlar markazlarida tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatiş boşlanadi

“Tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlarini körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida”gi Hukumat qaroriga muvofiq, tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlari Toşkent va Nukus şaharlarida, 2021 yil 1 fevraldan barça viloyatlar markazlarida, 2021 yil 1 sentyabrdan boşlab esa — butun respublika hududida körsatiladi.

Ma'lumot uçun, tuğilganlikni qayd etiş bilan boğliq kompleks davlat xizmatlari:

  • bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning örnini bosuvçi şaxslar yoki ularning yaqin qarindoşlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boşqa şaxslarga tuğilganlik haqidagi tibbiy ma'lumotnoma beriş;
  • tuğilganlikni qayd etiş;
  • poliklinikaga hisobga qöyiş;
  • bir martalik nafaqa pulini oliş;
  • bolani otasi yoki onasi yohud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy röyxatda turgan manzili böyiça röyxatga qöyiş;
  • bolani davlat maktabgaça ta'lim taşkilotiga navbatga qöyiş böyiça körsatiladigan davlat xizmatlarini qamrab oladi.

Eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan eksportçi taşkilotlarga eksportoldi moliyalaştiriş ajratiladi

“2021 yilda Özbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident