Soliqçilarga tölanadigan ustamalar oşiriladi

2026 yil 1 iyundan soliq xizmati xodimlariga köp yil işlaganlik uçun tölanadigan har oylik ustama miqdori oşiriladi. Bu haqda 19 may kuni imzolangan prezident farmonida keltirib ötilgan.

Farmonga köra, 2026 yil 1 iyundan boşlab, ustama miqdori quyidagiça böladi:

  • iş staji 1 yildan 3 yilgaça bölganda, 30 foiz;
  • iş staji 3 yildan 5 yilgaça bölganda, 60 foiz;
  • iş staji 5 yildan 10 yilgaça bölganda, 80 foiz;
  • iş staji 10 yildan 15 yilgaça bölganda, 100 foiz;
  • iş staji 15 yildan 20 yilgaça bölganda, 120 foiz;
  • iş staji 20 yildan oşganda, 150 foiz.

Bundan taşqari, xalqaro malaka darajalari yoki sertifikatlariga ega barça darajadagi soliq xizmati xodimlariga har oylik iş haqiga qöşimça ravişda lavozim maoşining 100 foizi miqdorida ustama tölanadi.

1 iyundan soliqlarni tölaş muddatini buzganlik uçun penyalar, şu jumladan, davlat soliq xizmati organlari tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar natijasida qöşimça undirilgan summalar böyiça penyalar hamda soliq qonunçiligini buzganlik uçun qöllangan moliyaviy jazo çoralari summalarining Soliq qömitasi maxsus jamğarmasiga yönaltiriladigan qismi 40 foiz deb belgilanmoqda.

Ugom daryosi – davlat gidrologik tabiat yodgorligi

2026 yil 4 may kuni davlat rahbarining “Ugom daryosining tabiiy gidrologik rejimi va biologik xilma-xilligini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingandi.

Qarorga köra, Toşkent viloyatidagi Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi.

2026 yil 1 iyundan daryoning sohil böyi mintaqalari hamda suvni muhofaza qiliş zonalarida tabiiy gidrologik tizim va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan har qanday quriliş, yer işlari va sun’iy inşootlarni barpo etiş qat’iyan man etiladi.

Bunda: