Iqlim özgarişi bilan boğliq holda yuz bergan ob-havo va tabiiy ofatlar oxirgi 10 yil içida 410 mingdan köproq kişining hayotini olib ketgan. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş iqlim özgarişi va bu özgarişlarga moslaşuvga bağişlangan sammitda ma'lum qildi.  

Bunday falokatlardan birinçi navbatda noçor davlatlar aholisi aziyat çekkan.  

BMT boş kotibining Jahon meteorologiya taşkiloti ma'lumotlariga tayanib ma'lum qilişiça, oxirgi 50 yil içida iqlim, ob-havo şaroiti bilan boğliq 11 mingga yaqin tabiiy ofat yuz bergan. Ulardan körilgan umumiy zarar 3,6 trln dollarni taşkil qilgan.        

Guterrişning ta'kidlaşiça, dunyo davlatlari iqlim özgarişiga moslaşiş böyiça turli çoralarga katta mablağ sarflab keladi. Jumladan, rivojlanayotgan davlatlarning özi bu maqsadda yiliga 70 mlrd dollar sarflaydi. 2030 yilgaça bu xarajatlar miqdori oşib, yiliga 140 mlrd dollardan 300 mlrd dollargaçani, 2040 yilda esa 280 mlrd dollardan 500 mlrd dollargaçani taşkil qilişi mumkin.