Suriştiruv davomida quyidagi uç savolga javob topişga harakat qilamiz:

  1. ASKUE tizimi qanday işlaydi va nega elektr energiyasi uçun pul tölanganda ham, svet darhol yonmaydi?
  2. Elektr energiyasi uçun tölov qilişda qanday tuşunmovçiliklar mavjud?
  3. ASKUE tizimi pulni ortiqça hisoblayapti, tölangan pul tez tugab qolyapti, degan gap-sözlarga nima sabab bölmoqda?

Bu borada ma'lumotga ega böliş uçun Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aksionerlik jamiyatida böldik va mutasaddilarga mikrofon tutdik.

(Alohida qayd etiş joiz, masala Samarqand viloyati misolida körib çiqilganiga qaramasdan, unda tilga olinadigan vaziyat va muammolar butun respublika uçun taalluqlidir).

Elektr energiyasi ta'minotida aqlli hisoblagiçlar — ASKUE tizimi örnatilişidan közlangan maqsad  özi nima edi?

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini hisobga olişni avtomatlaştiriş markazi filiali direktori örinbosari Diyor Nişonovning aytişiça, maqsad elektr energiyasi hisobi va nazoratini aniq-tiniq yölga qöyiş bilan tizimni şaffoflaştiriş, sohada noqonuniy ulaniş, foydalaniş va talon-torojliklarni bartaraf etiş, aholiga qulayliklar yaratiş.

Biroq, aniq hisob-kitobga asoslangan yangi tizim ham xatolarga yöl qöyişi mumkinmi? Samarqand şahar energosotiş bölimida sarson bölayotgan fuqarolarning aksariyati ASKUE tizimi uçun tölangan pullar tez sarf bölayotgani, oldindan tölov tugab, tarmoqdan uzilganidan söng yoqilişida qiyinçiliklarga duç kelişayotganini bayon etişdi.

ASKUE tizimi öçirilgan tarmoqni qayta ulaşi masalasini biroz keyinga sura turaylik. Tölov tizimi bilan boğliq qandaydir muammo ham bormi?

Albatta bor!

Iste'molçilar ayrim tölov ilovalari orqali elektr energiyasi uçun emas, turli qöşimça xizmatlar va jarimalar uçun pul ötkazib yubormoqda. Aksariyat hollarda penya uçun tölov amalga oşirilmoqda.

 Penya va elektr energiyasi uçun tölovning farqi bormi?