Apple brendining qiymati 263,3 mlrd dollarga baholangan. Kompaniya öz brendi qiymati 200 mlrd dollardan oşgan tarixdagi ikkinçi kompaniyaga aylandi. Bunday körsatkiçga 2020 yilda birinçi bölib Amazon erişgan edi. Jyeff Bezos kompaniyasi 2018 yildan 2020 yilgaça reytingda yetakçilik qilib kelgandi.
Apple oxirgi marta eng qimmat brend bölgan 2016 yildan beri deyarli 2 karra qimmatlagan – 5 yil avval u 145,9 mlrd dollarga baholangan. Ta'kidlab ötiş joiz, bir yil içida uşbu brend 87 foizga qimmatlagan. Brand Finance bu bahosini brendning texnologik kompaniyalar biznesi diversifikatsiyasi bilan tuşuntirmoqda.
2-örinni oxirgi 3 yil yetakçisi Amazon egallagan. Uşbu brend qiymati 254,2 mlrd dollarga baholangan. 2020 yildan beri uning qiymati 15 foizga oşgan. Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, internet-reteyler pandemiya va uning ortida kiritilgan çeklovlardan foyda köra olgan sanoqli kompaniyalardan biri hisoblanadi.
3-örinni Google brendi egallagan. U 191,2 mlrd dollarga baholangan. Brend bir yil içida bor-yöği 1 foizga qimmatlagan. “Google pandemiya natijasida tarixda birinçi marta daromadining pasayişini qayd qildi. Kompaniya daromadining katta qismi reklamadan olinadi, uşbu segment esa ötgan yil marketing budjetlari qisqarişi sababli kuçli ziyon kördi”, deb tuşuntirişgan tahlilçilar.
Şuningdek, reytingning yetakçi öntaligidan Microsoft (140,4 mlrd dollar), Samsung (102,6 mlrd dollar), Walmart (93,2 mlrd dollar), Facebook (81,5 mlrd dollar), ICBC (bank xizmatlari, 72,8 mlrd dollar), Verizon (telekommunikatsiya, 68,9 mlrd dollar) va WeChat (ijtimoiy tarmoq, 67,9 mlrd dollar) brendlari joy olgan.
Umuman olganda, reytingga kiritilgan 500 kompaniyadan 204tasi AQŞ, 75tasi Xitoy, 34tasi Yaponiya, 33tasi Fransiya, 22tasi Germaniya va 19tasi Britaniya kompaniyalari hisoblanadi.
Ta'kidlab ötiş joiz, bir yil içida eng köp qimmatlagan brend Tesla bölgan. U 2020 yil davomida 158 foizga qimmatlab, qiymati 32 mlrd dollarga yetgan. Eng qimmat avtomobil brendi deb Toyota tan olingan. Yapon kompaniyasi brendi 59,4 mlrd dollarga baholangan.












