Jismoniy şaxslar uçun soliq tölaş muddati hisobot yilining 1 dekabrigaça belgilanadi. Bunda soliqning miqdori tölov kuniga belgilangan bazaviy hisoblaş miqdoridan kelib çiqqan holda hisoblab çiqariladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat soliq qömitasining axborotiga köra, jismoniy şaxslarga mehnat staji hisoblanişi uçun yiliga kamida bir marotaba bazaviy hisoblaş miqdorida ijtimoiy soliq tölaşning yangi tartibi belgilangan.
Ta'kidlanişiça, soliq tölanişi quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
a) ixtiyoriy tartibda:
- özini özi band qilgan jismoniy şaxslar;
- mehnat şartnomasi asosida çet elda işlayotgan fuqarolar, şuningdek, davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan çet davlatlarda taşkil etilgan savdo uylarida, vakolatxonalarda (şu jumladan, yuridik şaxs taşkil etmasdan), taşkilotlarda işlayotgan fuqarolar;
b) majburiy tartibda:
- «Usta-şogird» maktablari öquvçilari tomonidan, ular yigirma beş yoşga tölguniga qadar işlagan davrida;
- dehqon xöjaliklari, şuningdek, maydoni tört sotixdan kam bölmagan dehqon xöjaligida, tomorqa yer uçastkasida band bölgan yoki uşbu maydonda qoramol yoxud ellik boşdan kam bölmagan xonaki parranda parvarişlayotgan jismoniy şaxslar. Bunda, dehqon xöjaligi rahbari soliqni majburiy tartibda tölaydi, boşqa a'zolari va körsatilgan jismoniy şaxslar esa ixtiyoriy asosda tölaydi.
Uşbu toifadagi jismoniy şaxlar uçun soliq tölaş muddati hisobot yilining 1 dekabrigaça belgilangan. Bunda, soliqning miqdori tölov kuniga belgilangan bazaviy hisoblaş miqdoridan kelib çiqqan holda hisoblab çiqariladi.
Özini özi band qilgan şaxslarni davlat soliq xizmati organlarida röyxatga oliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanganligi haqida ma'lumot berilgandi.
Avvalroq, taksiçilarni ham özini özi band qiluvçilar röyxatiga kiritiş böyiça iş olib borilayotganligi ma'lum qilingandi.











