Keça, 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda yöl-patrul xizmati inspektorlari hamda haydovçi va uning hamrohi örtasida yuzaga kelgan tortişuv aks etgan videolavha tarqaldi.

Videolavha haydovçining yonida ötirib kelayotgan hamrohi tomonidan suratga olingan va u «Mana, 30 W 575 LA raqamli şaxsiy maşinasida YPX xodimlari bizni qisib töxtatyapti» degan sözlar bilan boşlanadi.

Videolavhaning davomida, YPX xodimi kelib haydovçidan hujjat söraydi. Haydovçi va uning hamrohi esa maşinadan tuşib «Bizni qisib töxtatişga haqqingiz yöq. Biz muzlama ustiga çiqib ketdik» deydi. Şu tariqa, YPX xodimlari hamda haydovçi va uning hamrohi örtasida tortişuv kelib çiqadi. Tortişuvda haydovçi va uning hamrohi YPX xodimlariga «Bizni yöl çetidagi muzlagan joyga qisib töxtatdinglar, bu mumkinmi?» deb söraydi. YPX xodimlari esa qisib töxtatmaganini aytadi va yöl çetidagi muzlagan yer ham maşina harakatlanadigan joy ekanligini aytadi. Haydovçi va uning şerigi esa YPX xodimlari ularni qisgan paytda ikkita maşina bir-biriga tekkanini va buning oqibatida xavfli yöl transport hodisasi sodir bölişi mumkinligini aytadi. YPX xodimlari esa ularni qisib töxtatmagani va ikkita maşina bir-biriga tegmaganini, ular xalq xizmatida yurganini aytadi.

Videoda oyoq ostidagi muzlamani va ikkita maşina bir-biriga tegib ketganda birining böyoği ikkinçisiga surtilib qolgan joyni köriş mumkin.

Videolavhada hodisa qayerda bölib ötgani haqida aytilmagan. Bundan bir neça kun oldin bölib ötgan yoğingarçilik kunlarda viloyatning Samarqand, Toyloq, Urgut, Bulunğur, Jomboy kabi tumanlarida qor juda kam yoğdi. Videoda esa yöl çetida qalin qor körinyapti. Viloyatning Navoiy viloyati bilan çegaradoş tumanlarida ana şunday qalin qor yoqqan edi, hodisa öşa taraflardagi yöllarda sodir bölgan bölişi mumkin.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati mazkur hodisa böyiça munosabat bildirdi. Unda ma'lum qilinişiça, holat böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangan. Tekşiruv yakuni böyiça batafsil ma'lumot e'lon qilinadi.