Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni yoşlar bandligi masalasida selektor ötkazdi. Selektorda yoşlarning köplab muammolari yeçilmay qolayotgani tanqid qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Misol uçun, Kogon şahar 2-sektor rahbari (şahar prokurori Yaraşev) yoşlar bilan uçraşuvda ularning 3 nafarini bir hafta muddatda iş bilan ta'minlayman, deb va'da bergan. Lekin oradan bir oy vaqt ötgan bölsa-da, natija yöq», dedi prezident.

Davlat rahbariga köra, bu şahardagi birorta sektor rahbari joylarga tuşib işlamayapti. Şu tufayli prezident Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga ertagaça Kogon şahri sektor rahbarlarining lavozimga loyiqligini örganiş böyiça topşiriq berdi.

Özbekistonda 844 ming nafar yoşlar – işsiz

Selektorda aytilişiça, hozirgi kunda Özbekistonda 18–30 yoşlilar orasida rasmiy işsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni taşkil etmoqda. Bu – umumiy işsizlik darajasidan 1,5 baravarga köp.

«Hisobga olinmagan işsizlar soni esa bundan-da yuqori», – ta'kidladi prezident.

Ta'kidlanişiça, yoşlar muammolarini tizimli hal etiş maqsadida, Respublika işçi guruhi joylarda öğil-qizlarning takliflarini «mahallabay» örganmoqda.

Bugungi kunga qadar Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand, Toşkent viloyatlari va poytaxtimizda 50 mingga yaqin yoşlar bilan muloqotlar ötkazilgan.

Bildirilgan taklif va istaklar asosida, tuman va şaharlar kesimida «Yoşlar dasturlari» tasdiqlangan.

Ma'lumot uçun, Kogon şahriga 2018 yil fevralidan buyon Hakim Hoşimov hokimlik qilib kelmoqda.