Jahon | 17:36 / 28.01.2021
5022
2 daqiqa o‘qiladi

MDH ijroiya qo‘mitasi raisi tashqi ta'sirlarga qarshi birlashishga chaqirdi

Lebedevning fikricha, MDHning hozirgi raisi Belarus zimmasiga "tashqaridan bo‘ladigan mislsiz bosimga qarshi sa'y-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha alohida mas'uliyat" tushadi.  

Foto: Kommersant'

MDH davlatlari tashqi siyosiy va iqtisodiy bosimlarga qarshi birlashishi zarur. MDH ijroiya qo‘mitasi raisi, MDH ijrochi kotibi Sergey Lebedev jurnalistlar bilan suhbatida ana shu fikrni aytdi.

 "23 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lib o‘tgan aksiyalar ular mamlakatimizdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun rejalashtirilganligini ko‘rsatmoqda. Nafaqat iqtisodiy zarar yetkazish, balki vaziyatni siyosiy jihatdan izdan chiqarishga yo‘naltirilgan. Biz bunga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", - dedi Lebedev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, MDHning hozirgi raisi Belarus zimmasiga "tashqaridan bo‘ladigan mislsiz bosimga qarshi sa'y-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha alohida mas'uliyat" tushadi.  

 "Xorijdagi hamkorlarimiz nazdidagi bitta ehtiyotsiz so‘z aytilishi bilan baqir-chaqir, mamlakatlarimizga bosim boshlanadi. Bu sanksiyalar bizni sa'y-harakatlarimizni birlashtirishga, davlatlarimizga nisbatan mislsiz bosimga birgalikda qarshi turishga majbur qiladi", - dedi MDH ijroiya qo‘mitasi raisi.

Mavzuga oid