Uşbu sammitni ötkaziş töğrisidagi kelişuv davlat rahbarlarining ötgan yil oktabr oyidagi muloqotlari davomida erişilgan edi.
Bugungi muzokaralar kun tartibidan Özbekiston va Koreya örtasidagi köp asrlik döstlik va alohida strategik şeriklik riştalarini rivojlantiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari örin olgan.
«Davlat rahbarlari tadbirni oçib, bir-birlarini samimiy qutlar ekanlar, uşbu sammit kirib kelgan yangi yilda ikkala tomon uçun ham birinçi uçraşuv ekanini alohida qayd etdilar. Bu ikki tomonlama hamkorlikda juda yuksak darajaga erişilganidan yana bir bor dalolat beradi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Ta'kidlanganidek, köp qirrali Özbekiston-Koreya munosabatlari, pandemiyaga qaramasdan, izçil rivojlanişda davom etdi. Ötgan yili davlat rahbarlari telefon orqali ikki marta muloqot qildilar hamda Şimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinçi xalqaro forumida birgalikda iştirok etdilar.
Murakkab şaroitlarda yirik investitsiya va savdo loyihalarining amalga oşirilişi ta'minlandi, yangi kooperatsiya obektlari işga tuşirildi. Janubiy koreyalik şeriklarning kömagi va iştirokida Toşkent şahrida taşkil etilgan, mintaqamiz uçun noyob bölgan zamonaviy bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi şular jumlasidan.
Özbekiston prezidenti koreys tomoni yangi koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş borasidagi xalqaro sa'y-harakatlarga salmoqli hissa qöşayotganini yuksak baholadi hamda uşbu xavfli kasallikning oldini oliş, unga çalinganlarni samarali davolaş va reabilitatsiya qilişda mamlakatimizga körsatilayotgan katta amaliy kömak uçun minnatdorçilik bildirdi.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar borasida söz yuritar ekanlar, alohida strategik şeriklikni yanada mustahkamlaş va hamkorlikni har tomonlama kengaytiriş tarafdori ekanliklarini ta'kidladilar.

Muntazam siyosiy maslahatlaşuvlarni davom ettiriş va parlamentlararo almaşinuvlarni faollaştiriş, mamlakatlarimiz örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 30 yilligini nişonlaş böyiça ikki tomonlama tadbirlar dasturini tayyorlaş yuzasidan kelişuvlarga erişildi.














