
Prezident Şavkat Mirziyoyev yoşlar bandligini ta'minlaş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş masalasida videoselektor ötkazdi.
Rasmiy relizga köra, Özbekistonda 30 yoşgaça bölgan yoşlar soni 18 milliondan ziyod. Bu – aholining qariyb 55 foizini taşkil etadi.
Mamlakatda 2021 yil Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili deb e'lon qilingan.
Qayd etilişiça, yoşlar bilan işlaş böyiça yangiça tizim joriy etiladi.
Şavkat Mirziyoyev bu işlar ikkita muhim yönalişda taşkil qilinişi zarurligini körsatdi. Birinçisi – yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş, kasb-hunarga öqitiş orqali ularning bandligini ta'minlaş; ikkinçisi – yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş.

Ta'kidlanişiça, bugungi kunda 18–30 yoşlilar orasida rasmiy işsizlik 17 foiz. Bu masalalarni tizimli hal etiş maqsadida Respublika işçi guruhi joylarda öğil-qizlarning takliflarini «mahallabay» örganmoqda.
Aniqlanişiça, yoşlarni kasb-hunarga öqitiş, bandligini ta'minlaş, ular uçun kredit ajratiş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş borasida köplab muammolar bor.
Aksariyat madaniyat markazlari, istirohat boğlari va sport komplekslarining moddiy-texnik bazasi qoniqarsiz, tögaraklar nomiga işlayapti.

Yiğilişda bu muammolarni manzilli hal etiş uçun har bir tuman va şahar kesimidagi ustuvor vazifalar körsatib ötildi. Unga köra:
- hokimning iqtisodiyot, investitsiyalar va qişloq xöjaligi böyiça örinbosarlari – bandlik masalalariga;
- soliq idorasi, savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari rahbarlari – yoşlarni tadbirkorlikka jalb qilişga;
- hokimning yoşlar masalalari böyiça örinbosari – yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etişga;
- tuman prokurori, içki işlar va mudofaa bölimi boşliqlari – uyuşmagan yoşlar bilan işlaş, jinoyatçilikni jilovlaş, ularda vatanparvarlik tuyğularini şakllantirişga mas'ul böladi.


















