«Ijtimoiy tarmoqlarlarda «Poytaxt» savdo markazi oldida quriliş işlari kengayib ketayotgani haqida tarqalgan fikrlar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
Toşkent şahar hokimining 2019 yildagi tegişli qarorlariga asosan, Mirobod tumani Matbuotçilar köçasida joylaşgan mavjud avtoturargoh örniga 0,23 gektarli yer maydonida yertöla qismida avtoturargoh bölgan savdo majmuasi va ofis binolarini quriş uçun yer uçastkasini zaxiralaş hamda loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqişga «IMP NEW PAY» xususiy korxonasiga ruxsat berilgan bölib, mazkur qarorga binoan Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasi tomonidan qurilişning çegara hududlari belgilab berilgan.
Toşkent şahar quriliş boş boşqarmasi tomonidan 2019 yil 16 maydagi 1289-sonli Arxitektura rejalaştiriş topşiriği işlab çiqilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qarori bilan loyiha-smeta hujjatlarini kelişiş böyiça Arxitektura va şaharsozlik kengaşi işçi organi tomonidan «IMP NEW PAY» xususiy korxonasiga Mirobod tumani Matbuotçilar köçasida yer osti uç qavatli avtoturargohga ega bölgan, yer usti qavatlari soni esa umumiy 5 qavatli binoga ega bölgan va har bir qavatlari oçiq turdagi Open Spice uslubida işlangan köp tarmoqli savdo majmuasi va ofis binolari quriş uçun dastlabki eskiz loyihalari kelişilgan», deya Nuriddin Soatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq Matbuotçilar köçasidagi 0,23 gektar maydon Toşkent şahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori asosida 25 mln AQŞ dollaridan kam bölmagan investitsiya kiritiş şarti bilan Çexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasiga ajratib berilgani ma'lum bölgandi.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayev Kun.uz'ga bu yerda 1-2-3-qavatlari savdo dökonlari, yuqori qavatlari ofislardan iborat 9 qavatli bino qurilişi rejalaştirilganini aytgandi.
2016 yil 19 avgustda Çexiya Respublikasida «IMP NEW PAY» nomi bilan davlat röyxatidan ötgan kompaniya ta'sisçilari özbekistonlik Isroil Yunusov hamda germaniyalik Pol Braytenbah hisoblanadi. Isroil Yunusov «IMP NEW PAY»ning 95 foiz, Germaniya fuqarosi esa 5 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Korxonaning ustav kapitali 1000 çex kronasini (taxminan 39 dollar) taşkil etadi.
Suriştiruvlar davomida Isroil Yunusov Özbekiston professional boks federatsiyasi raisi, şuningdek, Toşkent işbilarmonlik markazida quriliş olib borayotgan Real House brendi ostidagi Lotus Gaz Invest mas'uliyati çeklangan jamiyatning ta'sisçilaridan biri bölib çiqqandi.











