Ijtimoiy tarmoqlarda «Poytaxt» savdo markazi röparasidagi bepul avtoturargoh örnida quriliş olib borilayotgani va endi Toşkentdagi kam sonli bepul avtoturargohlardan birining taqdiri noma'lum qolayotgani töğrisida xavotirli xabarlar tarqaldi. Hadiklarni tuşuniş mumkin, Matbuotçilar köçasida joylaşgan bu quriliş maydonini çin ma'noda poytaxt markazi deb atasa böladi – 200 qadam yursangiz Amir Temur xiyoboniga, yana şunça qadam bilan mamlakat ramzi bölgan Mustaqillik maydoniga çiqasiz. Röparada Sayilgoh köçasi va «Poytaxt» savdo markazi, qator dökonlar va taşkilotlar, yonginasida matbuot korpusi, sal nariroqda Markaziy bankning boş binosi, Alişer Navoiy teatri...



Şahar markazidagi bunday «qaymoq» joyda kim, qanday asosda quriliş qilyapti va endi avtoturargoh taqdiri nima böladi? Hududda hamişa avtomobillar gavjum bölgan, qolaversa, ayni şu kunlarda maşinalar belgilanmagan joyga qöyilgan holatlarni aniqlaş böyiça planşetlar orqali ma'lumot yiğiş va jarimaga tortiş amaliyoti boşlangan. Endi iş bilan bu joyga borganlar avtomobillarini qayerga qöyadi?
Kun.uz muxbiri şu va boşqa savollarga javob topiş uçun quriliş maydoniga – sobiq avtoturargohga bordi.
Hududda ustalar işlaşmoqda, hali örab olinmagan bölsa-da, köplab konteynerlar tuşirib qöyilgan. Ammo quriliş pasporti körinmaydi. Öra qazilmagan, quriliş ştabi ham, yirik texnika ham yöqligidan kelib çiqib aytiş mumkinki, jarayon hali dastlabki bosqiçda. Hududdagi işçilar va quruvçilardan loyihaga oid aytarli ma'lumot olib bölmadi.
Kun.uz vaziyatga izoh oliş maqsadida Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayev bilan boğlandi.
«Matbuotçilar köçasidagi 0,23 gektar maydon Toşkent şahar hokimining 2019 yil 28 martdagi 467-sonli qarori asosida Çexiyaning «IMP NEW PAY» kompaniyasiga 25 mln AQŞ dollaridan kam bölmagan investitsiya kiritiş şarti bilan ajratib berilgan. Loyiha muntazam ötkazib kelinayotgan «Investorlar kuni» doirasida taqdim etilgan va bu yerda 1-2-3-qavatlari savdo dökonlari, yuqori qavatlari ofislardan iborat 9 qavatli bino qurilişi rejalaştirilgan. Köpçilikni öylantirayotgan mavzu – avtoturargoh masalasi boşidanoq nazarda tutilgan. Binoning yertöla qismi (-1,-2,-3 qavatlari) töliğiça avtoturargoh böladi.

















