Keling, bir boşidan hikoya qilamiz. Xadiça Husinova Qaşqadaryo viloyati Kitob tumani «Ali Quşçi» mahallasida ijarada istiqomat qiladi. Şahzod va onasining öz uylari yöq. Xadiça Husinovaning katta opasining öğlining uyida ijarada turişardi.

U turmuşidan ajralgan, ikki nafar farzandini yolğiz özi katta qilgan. Ayni paytda tönğiç farzandi — qizini turmuşga uzatgan.

Xadiça opaning hali 17 yoşga kirmagan, yagona öğli Şahzod Usmonov bugungi hikoyamiz qahramonidir.

2020 yil 2 mart kuni oilada maş'um voqea röy beradi. Şahzodni xolavaççasi (Xadiça opaning opasi Zulayho Husanovaning öğli) 24 yoşli Dadaxon Hasanov muştlari bilan urib, çap közi soqqasini yorib yuboradi. Kamiga uning badaniga 2 marta piçoq bilan urib, oğir tan jarohati yetkazadi. Hozir Şahzodning çap közi körmaydi.

«Öşa kuni bozorda 1,5 million sömga qöy sotgan edim. Zulayho xolam nevaralik bölgani uçun ularning uyida yiğin taşkil etildi. Dadaxon bölam bizni çaqirib keldi. Onam kiyinib ketdi, ortidan men uydan 500 ming söm pul olib bozorlik qiliş uçun dökonga Dadaxon bilan kirdim va uylariga yetib bordik».

Maş'um voqea yuz bergan kuni Şahzod onasi bilan Dadaxonlarnikida mehmon bölgaç, oşni yeb darhol uyiga qaytadi. Uni xolasi va Dadaxon kuzatib qöyadi. Serial körayotgan onasi esa Dadaxonlarnikida qoladi.

Şahzodning hikoya qilib berişiça, u uyga qaytib kelgaç, biroz ötib Dadaxon eşikni taqillatib kirib keladi.

«Dadaxon Varganzaga bormoqçiman, yur seni ham olib ketay dedi. Men yöq dedim. Söng u «unda biroz şu yerda ötirib turay», dedi. Birga televizor körib ötirdik. Bozorda qöy sotganimni söradi. Suhbat asnosida kutilmaganda çap közimga muşti bilan qattiq urdi. Men yiqilib qolganimdan söng ustimga çiqib yana 3-4 marta muşt tuşirdi. Közim tirsillab yorildi va qon otilib oqa boşladi. Men jon holatda uydan çiqib, darvozaxona tomon yönaldim. Ortimdan Dadaxon yetib borib, böynimdan böğib, çöntagidan piçoq çiqarib ikki marta kökragimga sançdi. Yana böğa boşladi. Uning çangalidan bir iloj qilib qutulib, xolamlarnikiga bordim. Darvozani taqillatib, öşa yerda huşimdan ketibman», — deb hikoya qiladi Şahzod Usmonov.