XATTOTLIK (arab. — husnixat yozuvçi), kalligrafiya — yozuv (xat) san'ati, kitob köçiriş hamda me'moriy inşootlar, badiiy buyumlarning kitoblarini yaratiş kasbi.

«Bizda xattotlik maktabi yöq. Bu maktablar, afsuski, yöq bölib ketyapti. Özbekistondagi yagona xattotlardan biri Habibulla aka. 

Habibulla Solih 1998 yili Istanbulda ötkazilgan xalqaro xattotlar bellaşuvida «Devoniy» xat uslubi böyiça kuçli önlikdan joy olgan. 1999 yili u xattotlikda yangi tarz, ya'ni naqşin bezak yozuvining alifbosini kaşf qilgani uçun Lohurdagi xalqaro xattotlar bellaşuvida «Parvin raqam» («Şarq yulduzi») unvoniga sazovor böldi.

Hozir bir qator mamlakatlarda xattotlik juda rivojlangan. Masalan, Turkiyada. Şuning uçun xattotlar maktabini yaratişimiz kerak. 

Xattotlik yaxşi yönaliş. Undagi har bir belgi va nuqtaning öz ma'nosi bor. Agar bu maktabni yaratmasak, ança orqada qolib ketamiz. Odamlar aytişi mumkin, bu qayerda kerak böladi, deb. Kerak böladi. Katta-katta ilmiy maktablar qurilyapti, til, tillarga bölgan munosabatimiz özgaryapti, demak, kerak böladi», – dedi prezident. 

Ta'kidlanişiça, kelgusida Özbekistondagi bir qator diniy markaz, oliy maktablar, şuningdek, Benkov nomidagi respublika rassomlik kollejida xattotlik guruhlari oçiladi. 

Davlat rahbari, şuningdek, xattotlar örtasida har yili körik-tanlovlar ötkaziş böyiça ham mas'ullarga topşiriq berdi.