Özbekistonning turli joylarida yangi qurilayotgan, ta'mirlanayotgan masjidlarni körib közlarimiz quvonmoqda. Haşar yöli bilan amalga oşirilayotgan işlarga boş qöşayotgan savobtalab kişilarning köpayib borayotgani esa undan-da quvonarli. Zero, Alloh taolo Qur'oni Karimda «Albatta, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan möminlargina Allohning uylarini obod qilurlar», deya marhamat qilgan.

Bu safar şunday xayrli işlardan birini yoritiş maqsadida Andijonga taşrif buyurdik. Xonobod şahar Kampirrovot mahallasida 3 ming namozxonga möljallab qurilayotgan «Abdulhamid qori» jome masjidi 800 nafar qişloq yigitlarining mehnatlari bilan qad kötarmoqda.

Masjid iş yurituvçisi Rafiqjon Yöldaşevning aytişiça, 2019 yilning sentyabr oyida boşlangan quriliş hozirgaça haşar yöli bilan davom etib kelmoqda.

«Bugungaça ğişti, beton, karkas işlariga özimizda tayyor loyiha va mutaxassislar borligi uçun qişloqda istiqomat qilayotgan aka-ukalarimizning kuç va mehnati bilan masjidimiz şunçalik qad rostladi.

Ayni paytda masjidimizning asosiy quriliş işlari tugallangan. Aslida loyiha katta bölgani uçun qurilişni uç bosqiçda rejalaştirganmiz. Birinçi bosqiçda xonaqoh va tahoratxona, ikkinçi bosqiçda masjid atrofini örab turgan ayvon qismi va kiriş darvozalari, uçinçisi ikkita minora edi. Allohga şukr, ikkita bosqiçdan ötdik, ya'ni xonaqohlarni kötarib, atrofdagi ayvonlar tom qismlari yopilib bölgan. Hozir gumbaz işlari ketyapti.

Eng oğir nuqtamiz, ikkita minora qolgan. Buning ham töla xomaşyosi tayyor. Lekin buning interer masalasi, içki va taşqi qiyofasidagi bezaklari böyiça mutaxassislar kerak bölgan asosiy işlar qoldi. Ya'ni quriliş xarajatining eng yuqori qismiga keldi.

Şuning uçun soha mutaxassislarini, qolaversa, Alloh taoloning baytidagi xayrli işga ilhaq bölgan mömin-musulmonlarni mana şu savobli işni çiroyli tarzda oxiriga yetkazişga yordam qölini çözişlarini sörab qolamiz”, - deydi masjid iş yurituvçisi Rafiqjon Yöldaşev.

Ma'lum qilinişiça, masjidda ayollar uçun alohida namozxona va tahoratxona ham qurilmoqda.