«Özbekiston nimaga qodir ekanligini körsatdi. Koronavirus butun dunyoda köplab iqtisodiy rivojlangan davlatlarni karaxt holatga keltirib qöygan bir paytda, respublikamizda epidemik barqarorlik ta'minlangan.
Britança ştamm aniqlangan bemor aeroportning özidayoq aniqlangan va alohidalangan. Demak, Özbekiston şaroitida kasallik manbayi aeroport va şifoxona şaroitida jilovlangan. Bu bizning yutuğimiz. Kasallikning aholi orasiga kirib ketişiga yöl qöyilmagan. Kasallik manbayi jilovlansa, yuqiş yölining oldi olinsa, yuqtirib oliş ehtimoli bölgan aholi himoyasi ta'minlansa, uning keng avj olişiga yöl qöyilmaydi. Şu nuqtayi nazardan, kasallikning aeroportdayoq aniqlangani mamlakat nimaga qodirligini körsatadi», dedi u brifing davomida.
Otabekov Özbekistonga koronavirusning yangi ştammi kirib kelişiga umuman yöl qöymaslikning imkoni bölmaganini ta'kidlab ötgan.
«Biz yangi ştammni hududimizga umuman kiritmaslik imkoniyatiga ega emasdik. Hozirgi kunga kelib, dunyoning 60ga yaqin davlatida bu ştamm aniqlandi.
Britança ştamm kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan Özbekistonga kiriş va çiqiş böyiça taqiq mavjud. Ammo şunga qaramay, özbekistonliklar borib-kelişi mumkin bölgan davlatlarning soni juda köp. Kasallik aynan yuqorida sanab ötilgan davlatlardan emas, balki uçinçi, törtinçi davlatlar orqali kirib keliş ehtimoli mavjud edi. Va afsuski, u mamlakatga kirib keldi», deydi ştab a'zosi.
















