#FootWeek'ning yangi sonini suratga oliş uçun Qarşida böldik. Havo 50 darajagaça kötarilgan issiqda Qarşiga borişni tasavvur qilavering. Lekin ikki narsa safar davomida issiqdan qiynalmasligimizga yordamçi böldi. Avvalo maşina uçun sovutgiç ixtiro qilgan odam. Uning kimligini eslolmadik, kim bölsa ham baraka topsin. Undan keyin borgan yerimiz Qarşining örtasida bölsa ham bahavo edi.

Ha, «Nasaf» klubining Qarşidagi bazasi daraxtzor içida joylaşgan va juda bahavo edi. Bunday şaroitda şuğullanadigan yigitlarning öyinlari nega yaxşi ekanini tuşungandek ham böldik. Klub bazasi bilan klub murabbiyi va bugungi qahramonimiz Röziqul Berdiyevning özi taniştirib çiqdi. Bir narsani e'tirof etiş kerakki, murabbiyning «Nasaf»dagi avtoritetini körib yaxşi ma'noda hayron qoldik. Barça futbolçilar murabbiyni qattiq hurmat qilişarkan.

Röziqul Berdiyev «Nasaf»ning OFK kubogidagi öyinlaridan köngli tölganini, bölajak raqibni ham örganayotganini aytdi. Murabbiyning fikriça, OÇL hamda OFK kubogi örtasida farq katta. Şunday bölsa-da, murabbiy Qarşi klubi musobaqaga mintaqadagi jamoalardan kuçli ekanini körsatiş maqsadida borganini aytdi. Berdiyevning aytişiça, «Nasaf» OFK kubogi orqali OÇLga çiqişga harakat qiladi.

Berdiyev öz jamoasidan qaysi futbolçining ketişi oğir bölganini gapirar ekan Dragan Çeranni alohida ta'kidladi. «Çeranni olib kelganda uning atrofida jamoa tuzişni maqsad qilgandik. Uni yoşlar ham alohida hurmat qilişardi. Marko ham hozirgi yetakçimiz, lekin Çeran bergan narsani boşqa futbolçilar berolmaydi», deydi Berdiyev.

Murabbiy jamoadan doimiy futbolçilarning ketişi haqida gapirib, bundan unçalik xursand bölmasligini, şuningdek, futbolçilar tekinga ketib qolayotganidan xafa bölişini aytdi. «Futbolçining savdosidan pul işlaş kerak. Çunki klub rivojlanişi uçun pul zarur. Ötgan yil 6 oylab maoş olmadik, futbolçilar özi xohlagan şartnoma ololmadi. Moliyaviy barqarorlik juda muhim. Hozir hammasi iziga tuşmoqda, şartnomalar yangilanyapti», deydi murabbiy.