«Liverpul»
Bozordagi eng faol klublardan biri «Liverpul» böldi. Mersisaydliklarning markaziy himoyasida Virjiyl van Deyk va Gomes ortidan Joel Matip ham jarohat olib, mavsum yakuniga qadar safdan çiqqani tufayli sönggi kunda klub uşbu çiziqni kuçaytiriş uçun harakat qildi. Natijada, klubga Çempionşipdan - «Preston» himoyaçisi Ben Devis va Bundesligadan «Şalke» a'zosi Ozan Kabak kelib qöşildi. 25 yoşli angliyalik futbolçi transferi klubga 2,25 mln yevroga tuşdi. Hali Premer Ligada birorta öyin ötkazmagan bu futbolçi yangi klubida 28-raqamli futbolkada töp suradi.

Turkiyalik himoyaçi esa mavsum yakuniga qadar ijaraga olindi, yozda mersisaydliklar uşbu futbolçining transfer huquqini töliq sotib olişi mumkin böladi - taxminiy baho 30 million yevro atrofida.

«Liverpul» sönggi kunda «Seltik»dan 19 yoşli darvozabon Liam Xyuzni tarkibga qöşib oldi, şuningdek, «Union»da ijarada bölgan Loris Karius klubga qaytdi.

Tarkibni esa ikki futbolçi tark etdi - ötgan qişki transferlar oynasida «Red Bull»dan sotib olingan yaponiyalik hujumçi Takumi Minamino asosiy tarkibdan örin ololmagaç, «Sauthempton»ga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi. Şuningdek, himoyaçi Sepp van der Berg Ben Devisning sobiq jamoasi «Preston»ga ijaraga jönatildi.

«Arsenal»
Londonliklar klubi sönggi kunda tarkibni «tozalaş» bilan band böldi. Mikel Artetaning rejalaridan örin olmagan futbolçilarning bir qançasiga yangi klub topildi.

Unai Emeri davrida jamoaning asosiy yetakçilaridan biri bölgan tayanç yarimhimoyaçisi Enzli Meytlend-Naylz sönggi lahzalarda «Vest Bromviç»ga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi. U joriy mavsumda «kanonirlar» uçun 21 öyin ötkazgan va bir golli uzatma muallifi bölgan.