Uçraşuvda köp qirrali Özbekiston-Afğoniston hamkorligini yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Davlat rahbari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi sur'atini saqlab qoliş va avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş muhim ekanini alohida ta'kidladi.
«Bu borada söz yuritilganda, avvalo, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş va uni yaqin yillarda kamida 2 milliard dollarga yetkaziş uçun qulay şaroitlar yaratiş, sanoat, energetika, qişloq xöjaligi va logistika sohalarida kooperatsiyani kuçaytiriş, soğliqni saqlaş, ta'lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlarni amalga oşirişni qayd etiş lozim.
Afğoniston delegatsiyasi a'zolari Özbekiston Prezidentini körsatilgan samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, Afğoniston Prezidenti Aşraf Ğanining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdilar.
Özbekistonning Afğonistonda tinçlik va barqaror taraqqiyotni ta'minlaşga qaratilgan qat'iy sa'y-harakatlari uçun çuqur minnatdorlik bildirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.


Bugun Toşkent şahrida xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari iştirokida ötgan Transafğon temir yölini quriş loyihasi böyiça uç tomonlama işçi guruh birinçi yiğilişining samarali yakunlari yuksak baholangan.
Uçraşuvda tomonlar uşbu loyihani tez fursatda tayyorlaş va amalga oşirişni boşlaş, qabul qilingan «yöl xarita»si asosida xorijiy hamkorlar va salohiyatli investorlarni faol jalb qiliş muhim ekanini ta'kidlaşgan.












