Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari Şuhrat Nazarov respublikada foydalanişda bölgan avtomobil yöllari, ularga ajratilgan mablağlar, ta'mirlangan va ta'mirga muhtoj yöllar haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda respublikada jami 184 174 km avtomobil yöllari mavjud bölib, şundan:

  • umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari – 42 869 km.ni;
  • içki xöjalik yöllari – 116 560 km.ni;
  • idoraviy yöllar – 24 745 km.ni taşkil etadi.

«2020 yilda jami 5,1 trln söm miqdorida avtomobil yöllarini qayta quriş, ta'mirlaş va saqlaş işlari bajarilib, 6 442,6 km avtomobil yöllari qayta qurildi va ta'mirlandi», deya ma'lum qildi qömita mas'uli Şuhrat Nazarov.

Uning qöşimça qilişiça, 60 ming km.dan ziyod ta'mirtalab içki xöjalik yöllari yöllar mavjud. 

«Bugungi kunda 60 ming km.dan ziyod ta'mirtalab içki xöjalik yöllari yöllari bor, buni tan oliş kerak. 2021 yilda esa 4,5 trln söm mablağ özlaştiriladi hamda 3 935,8 km avtomobil yöllari qayta quriladi va ta'mirlanadi», deya ta'kidladi Şuhrat Nazarov.

Transport prokuraturasi yöl va köpriklar qurilişidagi jinoyatlar haqida ma'lumot berdi

Ta'mirga muhtoj yöllarning qaysilari birinçi bölib ta'mirlanişi qanday hal etiladi?