Apple kompaniyasi işlab çiqarişni rejalaştirayotgan avtomobil Hyundai kompaniyasining E-GMP platformasi asosida böladi. Bu haqda MacRumors naşri insayder Min-Çi Koga tayanib xabar berdi.
Min-Çi Ko TF Securities investorlariga yöllagan tahliliy maktubida Apple va Hyundai hamkorligi töğrisidagi xabarni tasdiqlagan. Ekspertning fikriça, elektromobil Electric Global Modular Platform (E-GMP) platformasiga asoslanadi. Platforma ikkita dvigatel va bir marta quvvatlanişda 500 kilometrdan ortiq yöl bosişga imkon beradigan akkumulyatorga ega.
Batareya 18 daqiqa içida 80 foizga quvvatlanişi mumkin. Elektromobil 3,5 soniya içida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi soatiga 260 kilometrga yaqin böladi.
Mutaxassisning taxminiça, Hyundai Mobis bölajak avtomobilning ayrim qismlarini tayyorlaş bilan şuğullanadi, Kia esa elektromobil işlab çiqariş liniyasini taqdim etadi.
Qayd etilişiça, Apple Car taqdimoti 2025 yildan söng bölib ötadi.
Ötgan yili Reuters agentligi öz manbalariga tayanib Apple 2024 yilga kelib avtomobil bozoriga çiqişni rejalaştirayotgani töğrisida xabar qilgandi.












