AQŞning Aydaho ştatida UH-60 Black Hawk vertolyoti qulaşi natijasida uç nafar uçuvçi halok böldi. Bu haqda ştat milliy gvardiyasi öz Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Ötgan tunda Aydaho milliy gvardiyasining uç nafar xizmatçisi Boyse yaqinida UH-60 Black Hawk vertolyoti qulab tuşişi oqibatida halok böldi. Ularning barçasi oddiy maşğulot ötayotgan uçuvçilar bölgan", - deyiladi xabarda.
Ştat milliy gvardiyasi rasmiy vakili podpolkovnik Kristofer Bordersning qöşimça qilişiça, halokat yuz bergan hududda kuçli qor yoğayotgan bölgan.
Vertolyot va ekipaj a'zolarining jasadlari tez fursatda topilgan. Aviahalokat töğrisidagi boşqa ma'lumotlar hozirça oşkor qilinmagan.












